07/03/2024

    2023-yil yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etdi.

    Tashish va saqlash tarmogʻining qoʻshilgan qiymati tarkibidagi eng koʻp ulushi avtomobil transportiga toʻgʻri keldi va 52,7 % ni tashkil etdi.

    Mazkur tarmoq umumiy qoʻshilgan qiymatida quvur transportining ulushi 15,6 %, temir yoʻl transportining ulushi 9,1 %, yordamchi transport faoliyatining ulushi 14 %, havo transportining ulushi 8,6 % ni tashkil etdi.