05/03/2024

     2023-yil yakunlariga koʻra, axborot va aloqa tarmogʻining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,1 % ni tashkil etdi.

     Mazkur tarmoq yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida asosiy ulush aloqa xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmogʻi va boshqalarga) toʻgʻri keldi va 52,4 % ni tashkil etdi.

     Tarmoqda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymatning qolgan 47,6 % i axborot va aloqaning boshqa tarmoqlari (nashriyot faoliyati, kompyuter dasturlashtirish sohasidagi faoliyat, dasturlar yaratish boʻyicha faoliyat, telekoʻrsatuv va radio-eshittirish v.b.) hissasiga toʻgʻri keldi.