04/03/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Jumladan, joriy yilning 4-mart kuni Ulug‘nor tumani statistika bo’limi boshlig‘i Sh. Abdusalomov tomonidan Ulug‘nor tumani Farovon MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech