2024-yil 1-mart kuni boshqarmada “2-mart – O‘zbekiston BMTga a‘zo bo‘lgan kun” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva 1992-yil 2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi BMTga yangi suveren, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida kirganligi, hozirgi kunda O‘zbekistonda BMTning o‘ndan ortiq dasturlari, jamg‘armalari va agentliklari faoliyat olib borayotganligi, O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligi izchil davom etayotganligini, O‘zbekiston BMTni zamonaviy talablar asosida isloh qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotganligini ta’kidlab o‘tdi.