01/03/2024

     2024-yil 1-mart kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “1-mart Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun  mavzusida  ma’naviyat  soati  bo‘lib  o‘tdi. Tadbirda  boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

    Boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonim Isroilovaning hayoti va ijodi haqida so‘z olib, shoiraning hayoti va  ijodi barcha  xotin-qizlar uchun ibrat ekanligi, uning hayotidagi mеhnatsеvarligi, doimo olg‘a intilishi, sеvgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchan­li­gi hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o‘zini yo‘qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg‘otishi,  Zulfiyaning qudratli ovozi, mayin va mehr to‘la qo‘shiqlari, o‘zbek xotin-qizlarining  baxtiyor taqdirini, tinchlikka va ozod mehnatga tashna insonlarning orzularini ifodalagan haroratli she’rlari  hozirgi kunda ham baland yangrayotganlini aytib o‘tdi.