01/03/2024

    2024-yil yanvar oyi yakuni boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 701,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

    Ushbu hajmning nisbatan yuqori ulushi shifoxona muassasalarining xizmatlari - 43,9 % ni, shifokorlik amaliyoti va stomatologiya sohasidagi xizmatlar - 24,9 % ni, sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlari - 31,2 % ni tashkil etdi.