28/02/2024

    2024-yilning yanvar oyida moliyaviy xizmatlar hajmi 10 288,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

    Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, yaʼni, 26,3 % ni tashkil etdi.

    Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 127,1 % darajasida qayd etildi.

    Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 57,9 % ni yoki 5 953 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 140,9 % ni tashkil etdi.