05/02/2024

2023-yil yakuni bo‘yicha quyidagi statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:
 
1. Fermer xoʻjaliklari:
“Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida”gi 2023-yil uchun hisobot “1-fx shakli” yillik hisobotini 2024-yilning 27-fevral sanasidan kechiktirmay.
 
2. Mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) “Mikrofirma va kichik korxonaning 2023-yil uchun hisoboti” “1-kb shakli” yillik statistika hisobotini 2024-yilning 27-fevral sanasidan kechiktirmay.
 
Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-77, 228-30-48
 
Andijon viloyati statistika boshqarmasi
 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech