26/02/2024

     2022/2023-oʻquv yili boshiga mamlakatimizda, oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishiga qabul qilingan talabalar soni 275 496 nafarni tashkil etgan.

    Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan talabalar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:

    Taʼlim – 86 079 nafar;

    Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 47 273 nafar;

    Biznes, boshqaruv va huquq – 37 579 nafar;

    Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 23 468 nafar;

    Sanʼat va gumanitar fanlar – 20 361 nafar;

    Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 16 368 nafar;

    Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 14 624 nafar;

    Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 11 137 nafar;

    Xizmatlar – 10 713 nafar;

    Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 7 894 nafarni tashkil etgan.