26/02/2024

    2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada 2,8 mln. tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,9 % ga oshgan.

    Goʻsht yetishtirishning yuqori hajmlari 2 406,6 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 84,9 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilgan, aksincha kam hajm 179 ming tonna (6,3 %) fermer xoʻjaliklarida kuzatilgan.