23/02/2024

     Viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda rasmiy statistik ko‘rsatkichlarning  ahamiyati alohida ahamiyat kasb etadi. Yillik  statistika hisobotlarining to‘liq va sifatli qamrovini ta’minlash maqsadida viloyatdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan qator profilaktika ishlari olib borilmoqda.

       Joriy yilning 23-fevral sanasida  boshqarmaning Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi xodimlari bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsasiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘limi xodimlari hamkorligida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining mas’ul xodimlariga o‘quv seminari o‘tkazildi.

     Seminarda “Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida”gi yillik statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish va ko‘rsatgichlarni to‘gri shakllantirish bo‘yicha tushuncalar berildi. Bo‘lim xodimlari seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar.