23/02/2024

     O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi Qonuniga asosan, joriy yilning 23- fevral kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi-xodimlari o‘rtasida “Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning tasnifi” mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

     O‘quv mashg‘ulot mavzusi yuzasidan boshqarmaning Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2-toifali muhandisi B. Asrankulov ma’ruza qildi. O‘quv mashg‘uloti mavzusi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida bahs va munozaralar bo‘lib o‘tdi.