2024-yil 23-fevral kuni boshqarmada “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi — xalq strategiyasi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M.Yusupov, D. Yangiyevlar hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
So‘ng boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva mavzu bo‘yicha so‘z olib, 2023-yil 11-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni qabul qilinganligi va ushbu Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlanganligini, mazkur strategiyadan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan yangi pog‘onaga olib chiqish hisoblanishini, Farmon bilan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilanib, bu bo‘yicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy mas’uliyat yuklanganligini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlari o‘rtasida mavzu bo‘yicha bahs va munozarlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.