23/02/2024

     Joriy yilning 22-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

     Shuningdek, vebinarda axborot xavfsizligiga oid axborot xavfsizligi siyosatining yangi talqini, xodimlarning ish rejalari va ularni bajarilishi, DLP va antivirus dastulari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlariga oid STATA dasturi va Estat 4.0 axborot tizimlari boʻyicha tushunchalar berildi.

     Vebinar yakunida Dasturiy-texnik ta‘minot va ma‘lumotlarni saqlash markazi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.