Joriy yilning 12-yanvar sanasida boshqarmada O‘zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi O‘RQ 707-sonli Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Yig‘ilishda rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solinishi, qonunning amal qilinishi, rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda ma'muriy ma'lumotlarni yetkazib beruvchilarga, shuningdek, ular o‘rtasida yuzaga keladigan, rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga solinishi yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.
Andijon viloyati Statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyati va huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
12/01/2024