19/01/2024

    2024-yil 19-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  “Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Yangiyev kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan ma’ruza qildi. Jumladan, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirishi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishi, korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartirishi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi, korrupsiyaga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’ul ekanligi haqida alohida ta'kidladi.

     Bundan tashqari jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu borada nafaqat mas’ul idoralar, balki keng jamoatchilik ham hamjihat va hamfikr bo‘lmog‘i, qayerdadir ta’magirlik, poraxo‘rlik holatlariga duch kelsak, har birimiz bu noxush hodisaga nisbatan befarq bo‘lmasligimiz, loqaydlik qilmasligimiz, aksincha, korrupsiya illatini tag tomiri bilan quritishga qaratilgan sa’y-harakatlarni vijdonan bajarish, adolatsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lishni o‘zimizdan boshlashimiz kerakligi tushuntirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech