Joriy yilning 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi” xodimlari uchun Milliy hisoblar tizimi, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga milliy hisoblar tizimi, undagi asosiy tushunchalar, yalpi ichki (hududiy) mahsulotni hisoblash tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Vebinar yakunida Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirish darajasi baholandi.