21/02/2024

   2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli va 1-fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berish maqsadida, Statistika agentligi tomonidan “On-line” muloqot tashkil etiladi.
 
   “Оn-line” muloqotda 1-kb shakli va 1-fx shakli hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.
 
   O‘z navbatida, “On-line” muloqotlar
"Zoom" platformasi orqali 2024-yilning 29-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar tashkil etiladi.
 
   Eslatib oʻtamiz, 1-kb shakli va 1-fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.
 
   “On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting!
 
Zoom ID: 779 612 3912
Kirish kodi: 5452