14/02/2024

Joriy yilning 14-fevral kuni Statistika agentligi direktor o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich tomonidan Andijon viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman, shahar statistika bo‘limlari boshliqlari bilan yillik hisobotlar qamrovini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Shuningdek, yillik hisobotlar qamrovini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan hududda qanday tizim qilinganligi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qay darajada ish tashkil etilganligi, hisobot taqdim etish yuzasidan korxonabay targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotganligi, jumladan, 1-kb shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti" va 1-fx shakli “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida"gi va boshqa yillik statistika hisobotlar bo‘yicha maʼlumotlarni sifatli tahlil qilingan holda qabul qilinayotganligi o‘rganildi.

Qolaversa, yillik hisobotlar qabul qilish davrida boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlari xodimlari tomonidan korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech