14/02/2024

2024-yil 14-fevral kuni boshqarmada Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi” munosabati bilan ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining o‘rinbosari Z.M.Ziyayev, boshqarma boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M.Yusupov, D.Yangiyevlar hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

So‘ng boshqarmaning Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi  haqida tayyorlagan prezentatsiyasi namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining o‘rinbosari Z.M. Ziyayev kelgusida boshqarmada Ma’naviyat va ma’rifat ishlarini yanada rivojlantirib ajdodlarimiz xotiralariga bag‘ishlangan tadbirlarni davom ettirib borish to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini aytib o‘tdilar.

Taqdir yuki boshimga balolig‘ bo‘ldi,

Har neniki ayladim hatolig‘ bo‘ldi,

O‘z yurtni qo‘yib Hind sori yuzlandim,

Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech