13/02/2024

Joriy yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Xizmatlar sohasi statistikasi” boʻlimi xodimlari uchun Xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

 

Shuningdek, vebinarda xodimlarga Xizmatlar sohasi, transport, uy-joy fondining asosiy statistik ko‘rsatkichlarini shakllanishtirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu ko‘rsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan ko‘rsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Vebinar yakunida Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech