13/02/2024

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o’rgansa va o’z tajribasida qo'llasa arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalar mavjud. Masalan, “hashar” deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu, xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.


Yaqinlashib kelayotgan uyg‘onish fasli – bahor arafasida viloyatimizning ko‘plab hududlarida obodonlashtirish ishlari boshlanib ulgurgan. Shu jumladan, Andijon viloyati statistika boshqarmasida 13-fevral kuni obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Hasharda statistika boshqarmasining barcha xodimlari faol qatnashdilar. Boshqarma hovlisini supurdik, o't, xas-xashak va boshqa narsalardan tozaladik, daraxtlar oqlandi.

Ozodalik ortida qanday ezgu natijalar borligini bizning jamiyatimiz, dono xalqimiz kabi chuqur tushuna oladigan biror xalqni ko‘rish qiyin dunyoda.