26/01/2024

Andijon viloyatida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2023-yil yanvar-dekabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 5 030,3 mln. AQSh dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 747,8 mln. AQSh dollariga yoki 17,5 % ga ko‘paydi.

Tashqi Savdo aylanmasida eksport hajmi 1 157,9 mln. AQSh dollariga (7,1 % ga kamaydi) va import hajmi 3 872,4 mln. AQSh dollariga (27,5 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -2 714,4 mln. AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech