26/01/2024

Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizg'inlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va ma'rifat tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha yaxshi narsalarga qizg'in hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yo'liga g'ov tushayotgan narsalarga qahrli bo'lmoqlikdir.

Yoshlarning ma’lumot olish imkoniyatini oshirish, milliy umuminsoniy tiklanish g‘oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun bugungi kunda o’zbek  xalqining asrlar davomida shakllangan umuminsoniy ma’naviyatini va milliy qadriyatlarini singdirish yoshlarni vatanparvar, barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash nafaqat madaniyat va san’at sohasining balki harbiy soha hamda tarix va shu singari sohalarning asosiy masalalaridan biri sifatida qaralmoqda .

Milliy Vatanparvarlik haqida so‘z borganda, bu o’zbek  xalqining qoniga singib ketgan iymon, insof, mehr - muhabbat, oqibat, shavqat, or - nomus, ona yurtiga, oʻz eliga sadoqat, ahloqiy – ma’naviy qadriyatlar, g‘oyalar, qarashlar  yig‘indisi tushuniladi. Vatanparvarlik his – tuyg‘ularini shakllantirishda O’zbekistonning davlat ramzlari bayroq, gerb, madhiya, o’zbek  tili, Konstitutsiya va boshqa shu millatga, shu zaminga xos, mos bo‘lgan tuyg‘ular, fazilatlar o‘tkazilayotgan madaniy – ma’rifiy faoliyatda o‘z aksini topmoqda.

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech