O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi Qonuniga asosan, joriy yilning 26-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi” mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulot mavzusi yuzasidan boshqarmaning Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi
2-toifali muhandisi B. Asrankulov ma’ruza qildi. O‘quv mashg‘uloti mavzusi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida baxs va munozaralar bo‘lib o‘tdi.