Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 38,6 ming tonna jun qirqib olingan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etgan.
Qirqib olingan jun umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (22,1 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Navoiy (11,8 %), Jizzax (11 %) va Buxoro (10,9 %) viloyatlarida ham qirqib olingan junning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.