22/01/2024

 Vatan mustaqilligini taʼminlashda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash alohida oʻrin egallaydi. Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasi davr talabidir. 

 Vatan ravnaqi - milliy g‘oyamizning yuksak tushunchalaridan biri bo‘lib, u fuqarolarimizning bilimi va kamoliga bog‘liq. Har bir yurtdoshimiz, qaysi sohada xizmat qilishidan qat’iy nazar, bu haqiqatni to‘liq anglagan holda, o‘zining ma’naviy kamoloti uchun mas’uliyatni his etishi, shaxsiy manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashi va o‘sib kelayotgan yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashi lozim. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi”, deya bu jarayonga yuksak baho bergan edi.

 Yoshlarga har sohada oʻzlarini namoyon qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Har bir yosh avlodni yuksak maʼnaviyatli, onaVatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy anʼanalarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ongi va shuurini zararli yot gʻoyalardan himoyalashga alohida vazifa sifatida qaralmoqda.

Zero, vatanparvarlik ijtimoiy hayotimizning asosiy zarurati hisoblanadi, chunki usiz bunyodkorlik ham, taraqqiyot ham boʻlmaydi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech