Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 16-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov hamda Andijon tumani statistika bo’limi xodimi A.Bozorov tomonidan Andijon tumani Yangiobod MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi.