17/01/2024

Joriy yilning 16-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov hamda Andijon tumani statistika bo’limi xodimi A.Bozorov bilan birgalikda Andijon tumani Yangiobod MFYda bo‘lib, mahalla fuqarolar yig'ini raisi bilan 2024-yilda o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikrlar almashdilar.

 

M. Yusupov uy xo‘jaligi kuzatuvi qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu maʼlumotlar asosida viloyatimiz aholisining turmush darajasiga oid ko‘rsatkichlar shakllantirilishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.