17/01/2024

 O‘zbek tilining izohli lug‘atida: Vatan - kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri, ona yurti, diyori, har bir fuqaro uchun mamlakat, turar joy, boshpana, maskan, uy ma’nolarini ifodalashi ko‘rsatilgan. Inson ulg‘aygan sari uning Vatan haqidagi tushunchalari ham kengaya boradi. Yurtimizda tug‘ilib-o‘sgan har bir inson “Vatanim” deganida o‘z uyini, qishlog‘ini yoki shahrini emas, balki O‘zbekiston Respublikasini nazarda tutadi. Bu esa Vatan tuyg‘usining, vatanparvarlikning xalqimiz qalbidagi ifodasidir.

Vatan tuyg‘usi – bu, aziz va go‘zal yurtimizga hurmat va sadoqatli bo‘lish. Vatan tuyg‘usi – bu, Turon, Movarounnahr, Turkiston va hozirda O‘zbekiston deya atalgan zaminda yashab kelayotgan xalqimizning oltin merosini, uning tarixini o‘rganishga intilishdir.