2024-yil 12-yanvar kuni boshqarmada navbatdagi 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M. Yusupov va D. Yangiyev, ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim J. Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva mavzu bo‘yicha so‘z olib, har yili 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʻtishini, bugungi yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posbonlari, biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanishini ta’kidlab o‘tdi.
Fursatdan foydalanib, Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.