Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i

 

To'xtaboyev Nodirbek G'anijonovich 1979- yil 5- sentabrda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy 2008- yil Andijon qishloq xo’jaligi institutini “agroinjener” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

O’z ish faoliyatini 1998-1999 yillar - Andijon viloyati Paxtaobod tumani "Maxliyo" xususiy savdo va ishlab chiqarish firmasi do’kon mudiri lavozimidan boshlagan.

1999-2003 yillar Andijon viloyati Paxtaobod tumani statistika bo’limi mutaxassisi, 2003-2005 yillar - Andijon viloyati Paxtaobod tumani statistika bo’limi boshlig’i o’rinbosari, 2005-2013 yillar - Andijon viloyati Paxtaobod tumani statistika bo’limi boshlig’I, 2013-2014 yillar - Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, 2014-2021 yillar  Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari  2021- yil 27-avgustdan Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech