Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosаri
Boshqarma boshlig‘i yo‘qligida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi. Funksional vazifalariga muvofiq materiallar, takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli, ishonchli va o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun shaxsan javob beradi. Mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. Boshqarmaning barcha tarmoq bo‘limlari hamda shahar, tuman statistika bo‘limlari tomonidan dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturining bajarilishi ustidan davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi, hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va belgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi. Boshqarmada tashkil etilgan komissiya ishini har chorakda bir marta ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va ushbu komissiya yig‘ilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta’minlash masalalarining, shuningdek davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqish uchun tayyorlaydi. Davlat statistik hisobotlarini elektron ko‘rinishda internet orqali yuborilishini nazoratini yuritadi. Boshqarmaning barcha tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari xalq xo‘jaligidan qo‘shimcha mablag‘ topishni (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi. Statistika ishlari dasturi asosida belgilangan statistik hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qiladi. Xizmat vazifalarini so‘zsiz bajaradi va ichki mehnat tartibiga qat’iy rioya etadi. Muntazam ravishda kasbiy va malakaviy darajasini oshirib boradi. O’ziga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan vakolatlar va huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi, shuningdek Davlat statistika organining ichki me’yoriy hujjatlari talablari, rahbariyat qarorlari, buyruqlari, ko‘rsatmalari va topshiriqlarini to‘g‘ri va aniq bajarilishi uchun javob beradi.
Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari:
- Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi
- Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi
- Sanoat statistikasi bo‘limi
- Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi
- Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi
- Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi
- Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markaz bo'limlari faoliyatini nazorat qiladi.