Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i
Viloyat statistika organlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. Davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda boshqarmani ifodalaydi yoxud boshqarma nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi. Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, xodimlarning belgilangan soni doirasida viloyat statistika organlari shtat jadvalini tasdiqlaydi. Boshqarmaga ajratilgan moliyaviy va moddiy-texnika resurslarini amalga oshirilgan davlat statistika ishlari hajmlariga muvofiq taqsimlaydi. Boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari va tuman (shahar) statistika bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limlari mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarligi darajasini belgilaydi. O’z vakolatlari doirasida viloyat statistika organlarining barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Viloyat statistika organlari rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalarini hal etadi. Viloyat statistika organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar belgilaydi. Viloyat statistika organlari kadrlar zahirasini shakllantirish, shuningdek viloyat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi. Boshqarmaga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun amaldagi qonun hujjatlari doirasida zarur choralar ko‘radi. Boshqarmaning kengash yig‘ilishlarida raislik qiladi. Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. Xizmat vazifalarini so‘zsiz bajaradi va ichki mehnat tartibiga qat’iy rioya etadi. Muntazam ravishda kasbiy va malakaviy darajasini oshirib boradi. O’ziga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan vakolatlar va huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi, shuningdek Davlat statistika organining ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari, rahbariyat ko‘rsatmalari va topshiriqlarini to‘g‘ri va aniq bajarilishi uchun javob beradi.
Kadrlar bo‘limi, Maxsus qism, Yuridik xizmat, Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi, Narx statistikasi bo‘limi, Axborot xizmati, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi
hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari ish faoliyatlariga bevosita rahbarlik qiladi.