So'nggi yangiliklar

2023 - yil yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 23,3 % ni tashkil etdi.

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,0 % punktga ko‘payib, 95,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar iyul oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jami sanoatdagi ulushi 9,9 % ni tashkil etib, fizik hajm indeksi  o‘tgan yilning yanvar iyul oylariga nisbatan 1 % ga o‘sgan bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 3 284,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rsatilgan yuk aylanmasidagi yuqori bo‘lmagan tonna-km quyidagi Boston (8 866,3 ming tonna-km) va Ulug‘nor (10 254,6 ming tonna-km) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi

2023- yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 8 627,8 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 99,8 % ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 57,1 % ni tashkil qildi.

Vilоyat bo‘yicha 2023- yil  yanvar iyun holatiga kelganlar 3 127 ta, ketganlar 3 929 ta qayd etildi.

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining ko‘rsatkichi Andijon viloyat bo‘yicha (11134,9 ming so‘m) tashkil qilsa Andijon shahri (11028,6 ming so‘m), Asaka (13949,1 ming so‘m) va Shahrixon (13304,3 ming so‘m) tumanlarda kuzatildi

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 13,0 foizini tashkil etib,

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-iyul oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 699,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi. 

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,0 % ni tashkil etib, ular mashinalar va transport asbob uskunalari (42,9 %), turli xil tayyor buyumlar (27,1 %), sanoat tovarlari (22,8), kimyoviy vositalar (1,7 %) va oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (3,5 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2022- yilning yanvar iyul oylariga nisbatan 2023-yilning yanvar iyul oylarida savdo xizmatlari hajmi 530,1 mlrd. so'mga oshib, 3 500,9 mlrd. so'mni tashkil etdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turi bo'yicha o'sish sur’ati 106,1 % ga yetdi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Andijon shahri (1 132,3 mlrd. so‘m), Shahrixon tumani (739,2 mlrd. soʻm), Baliqchi tumani (655,9 mlrd. soʻm), Xo‘jaobod tumani (553,7 mlrd. soʻm) Andijon tumani (535,5 mlrd. soʻm) tumanlar hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 4,8 % ni tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,0 % punktga kamaydi.

2023-yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, mashina va asbob uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishning ulushi 1,5 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 25,7 % ga kamaydi va ishlab chiqarish hajmi 66,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 2019- yilning mos davriga nisbatan 85,4 foizni tashkil etdi. 

Joriy yilning 12–14-sentabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan “Statistika ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilari Xalqaro forumi hamda MDHga aʼzo davlatlar statistika idoralari rahbarlari Kengashining navbatdagi 67-yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga respublikamizda sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 109 583 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 107,2 %ni tashkil etdi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,8 foizi yoki 9 058 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.