So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi va Andijon viloyati statistika boshqarmasi yurtimizdagi barcha mo'min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

2023- yil 27- iyun kuni boshqarmada navbatdagi “Qurbon hayiti – ko‘ngillar shodligi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi va Andijon viloyati statistika boshqarmasi barcha xodimlari 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.

2023-yil 26-iyun kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.To‘raqulov tomonidan  Izboskan   tumani Birlashkan  MFY da xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o’rganildi.

2023-yil 26-iyun kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i  B.G‘ulomov tomonidan  Andijon tumani Do‘stlik MFY da xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o’rganildi.

Joriy yilning 26- iyun kuni Andijon viloyati  statistika boshqarmasi boshligʼinig o‘rinbosari D.Yangiyev, Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo'limi boshlig'i I.Xaydarov bilan Buloqboshi tumani Navoiy MFY, Toshtepa ko‘cha 26- xonadonda  uy xoʼjaligi kuzatuvi oʼtkazildi.

2023- yil yanvar-may oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 30,4 % ni tashkil etdi, bu esa 2 433,3 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.

Kapital qurilishning pudrat usuli qurilish jarayonida qatnashayotgan ikki tomon – buyurtmachi va bosh pudratchi (pudratchi) orasidagi munosabatlarni belgilab beruvchi qurilish pudrat shartnomalari asosida bajarilgan qurilish hamda boshqa ishlar shakli hisoblanadi

Joriy yilning  26-iyun  kuni  Andijon viloyati  statistika boshqarmasi  boshligʻining o‘rinbosari D.Yangiyev, Buloqboshi tumani, hududiy statistika bo’limi  mas’ul  registratori tomonidan o’tkazilayotgan 4 savdo  (YATT) tanlanma kuzatuvida  ishtirok  etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Аndijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan tanlov jarayonlarini har bir bosqichini to‘g‘ri tashkil etish, suhbat bosqichini yanada shaffofligini ta‘minlash maqsadida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlaridagi yangi tayinlangan tanlov komissiyasi aʼzolari ishtirokida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilinmoqda.

2023- yil 23- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Rasulov tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining  24.05.2023 yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘RQ-844-sonli Qonuni va Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida seminar tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning  23-iyun  kuni  Andijon viloyati  statistika boshqarmasi  boshligʻining o‘rinbosari D.Yangiyev, Shahrixon tumani, hududiy statistika bo’limi  mas’ul  registratori tomonidan o’tkazilayotgan 4 savdo  (YATT) tanlanma kuzatuvida  ishtirok  etdi.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 23- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida ««Diqqat hammaga» signalini berish usuli, favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish uchun har bir hududda zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmoqda.

Joriy yilning 23- iyun kuni Andijon viloyati  statistika boshqarmasi boshligʼi N.To‘xtaboyev  Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari boʼlimi mutaxassisi Z.Xoldarova bilan Paxtaobod tumani Yolg‘izbog‘ MFY Yulduz ko‘cha 59- xonadonda  uy xoʼjaligi kuzatuvi oʼtkazildi.

2022/2023–o‘quv yilida Andijon viloyati bo‘yicha 5 ta akademik litseylar faoliyat ko‘tsatgan. Ularning barchasi Andijon shahrida joylashgan.2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan ular soni 4 taga kamaygan.

2023- yil yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 994 tani tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sonining tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 1 726 ta, oilaviy korxonalar 131 ta, xususiy korxonalar 39 tani tashkil etgan.

2023- yil yanvar-may oylarida, Andijon viloyatida jami 2448,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yil yanvar-may oylariga nisbatan 100,6 % ni tashkil etdi.