So'nggi yangiliklar

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil 1-fevral holatiga savdo sohasida 221 232 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan Paxtaobod tumanida 54,1 ming tonna kartoshka yetishtirildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 24 913,9 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida jami 7 444,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 5 150,9 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 28,4 % ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Baliqchi tumanida 693,2mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 118,0 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 1 537,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda Andijon viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot  hajmi joriy narxlarda 68 223,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 5,1 % ga o‘sdi. 

2024 yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyatmizning doimiy aholi soni 3 394,4 ming kishini tashkil etib, 2023-yil boshiga nisbatan 71,7 ming kishiga yoki 102,2 % ga ko‘paydi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 380,6 mln. l. tabiiy mineral gazsiz suvlar ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar bosh soni 275,9 mingtaga yetgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikamizda parrandalarning umumiy bosh soni 103 046,5 ming boshga yetgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 866,6 ming tonna kaolin qazib olingan.

2023-yil yanvar-dekabr oylari maʼlumotllariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 1 301,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan oʻsish surʼati 119,3 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida 468,4 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chet elga safarga chiqqan.

Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 41 278,6 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil etdi.