So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 7 499 taga yetdi.

2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3 841,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 12-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning normativ-huquqiy asoslari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 350,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.     

Joriy yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Andijon viloyatida Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmi 4 545,4 mlrd. so'mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bo‘yicha 424,3 mln. AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 45,4 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 3,1 % ga ortdi.

2024-yilning 1-oktabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 730 tani tashkil etdi.