2023-yil 1-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “Oʻz hayotingni asra!” va “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” mavzularida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘ To‘xtaboyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M. Yusupov va D. Yangiyev, ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim J. Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev har yili sayyoramizda 1-dekabr sanasi “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” hamda “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida nishonlanib kelinayotganligini aytib o‘tdi.
OITS xastaligini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilayotganligi, bunday bedavo kasallikka chalinmaslik uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilib, o‘zimizni va yaqinlarimizni turli xastaliklardan ehtiyot bo‘lishimiz uchun salomatligimizga bee’tibor bo‘lmasligimizni ta’kidladi. 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinayotganligini ta’kidladi.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva mavzular yuzasidan so‘z olib, OITS qanday kasallik, ushbu kasallikka chalinmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerakligini haqida tushuntirishlar berib o‘tdi. “3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isboti ekanligi, ushbu kun munosabati bilan davlatimiz tomonidan keksalar, yolg‘izlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning uylariga borib xabar olinib, ularga manzilli moddiy yordamlar ko‘rsatilayotganligi, shuningdek, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchilar holidan xabar olinayotganligi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand nogironlarga jamiyatda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berilayotganligini aytib o‘tdi.