04/10/2023

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 13,0 foizini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 69,6 foizni tashkil etdi.

Dasturlar yaratish bo‘yicha faoliyat va teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar hamda aloqa yo‘nalishlaridagi korxonalar soni axborot va aloqa sohasining 49,3 foizini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 73,5 foizni tashkil etdi.

Kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarida esa korxonalar soni, axborot va aloqa sohasidagi korxona va tashkilotlarning 37,7 foizini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 66,3 foizni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech