03/10/2023

Joriy yilning 28-29-sentabr kunlarida Statistika agentligining mas’ul xodimi O. Siddiqov va Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupovlar viloyatning barcha hududlarida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi jarayonlarida qatnashdilar.

Kuzatuv joyida planshet qurilmasiga kiritilgan ma’lumotlar qanchalik shaffof va to‘g‘ri kiritilganligini va kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar bilan tanishib, mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdilar.