2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy sonining (24 149 birlik) 61,9 foizi yoki 14 959 birligi xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatadi. 2023-yil yanvar-avgust oylarida xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 924 birlikni yoki ularning umumiy sonining (2 256 birlik) 65,1 foizini tashkil etdi.