25/09/2023

2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 246,8 ming tonna meva va rezavorlar (2022-yilning yanvar-iyunga nisbatan 100,9 % ga ko‘p) yetishtirildi. Meva va rezavorlar mahsulotini yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, meva va rezavorlar mahsuloti umumiy hajmidan 57,9 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini qayd etish lozim.