22/09/2023

2023-yil 22-sentabr kuni boshqarmada navbatdagi “Yoshlаr tаrbiyasigа аxborot xurujlаrining tа’siri!” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov “Yoshlаr tаrbiyasigа аxborot xurujlаrining tа’siri!” mavzusi bo‘yicha so‘z olib, Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar aholining ayniqsa yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, yolg‘on axborot, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinayotganligini, yoshlar ongiga kuchli ta’sir etuvchi axborotlar, yot g‘oyalarni, g‘arb hayot tarziga xos yoshlarining kiyinishi, o‘zbek mentalitetiga zid odatlar va ko‘nikmalarni targ‘ib etayotgan maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugun farzandining istiqbolini, yorqin kelajagi porloq bo‘lishini istaydigan har bir ota-ona tarbiya masalasiga jiddiy e’tibor bermog‘i zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlari o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs va munozarlar bo‘lib o‘tdi. 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech