Joriy yilning 21-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev hamda Tashqi iqtisodiy faolyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Obidovlar ishtirokida Andijon tumanidagi dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirilib, joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.