Joriy yilning 21-sentabr kuni Аndijon iqtisodiyot va qurilish institutida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgalik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Izbosorov tomonidan viloyat bo‘yicha jami 909 ta mahallalardagi raqamsiz uylar, nomsiz ko‘chalar, xaritaga kiritilmay qolgan turar joylar, buzilgan uylar, yangi qurilayotgan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar to‘g‘risidagi birlamchi maʼlumotlar shakllantirilganligi, shunga asosan Davlat kadastrlar palatasining tumandagi filiali xodimlari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inlarning sxematik xaritalari yangilanib tadbirga tayyor holatga keltirilganligi aytib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Turakulov xalqaro normalarda belgilangan tartibdan kelib chiqib, qabul qilingan qonun hujjatida mamlakatimiz aholi sonining aniq hisoblab chiqilishini taʼminlash, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, hayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha talabalarga batafsil tushuntirib o‘tdi.