Joriy yilning 21-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʼi birinchi o‘rinbosari M.Yusupov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari boʼlimi mutaxassisi S.Mirzaraximova bilan Qo‘rg‘ontepa tumani Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘inida uy xo‘jaligi kuzatuvi o‘tkazildi.
Shuningdek, uy xo‘jaligi kuzatuvidan olingan maʼlumotlarning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu maʼlumotlar asosida viloyatimiz aholisining turmush darajasiga oid ko‘rsatkichlar shakllantirilishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.