Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 187,0 ming tonna kartoshka (2022-yilning yanvar-iyunga nisbatan 100,1 % ga ko‘p) yetishtirildi. Kartoshka mahsulotini yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, kartoshka mahsuloti umumiy hajmidan 74,4 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganligini qayd etish lozim.