14/09/2023

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 351 taga yetdi va ular tomonidan 675,8 mln AQSh dollari qiymatidagi (2022- yilning mos davriga nisbatan 3,0 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.