2022/2023- o‘quv yili boshiga Andijon viloyati oliy ta’lim tashkilotlarida xizmat qilayotgan jami 2580 nafar professor-o‘qituvchilardan 1434 nafari yoki (55, 6) % ni erkaklar va qolgan 1146 (44,4 %) ni ayollar tashkil etadi. O‘tgan 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan taqqoslaganda erkak professor-o‘qituvchilar soni 435 nafar (43,5 %) ga, hamda ayollar soni 320 nafar (38,7 %) ga ko‘payganligini kuzatish mumkin.